futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (56)

"Barselona" prezidenti: "Messi boshqa jamoada o`ynamoqchi emas"

Loading...

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu matbuotda paydo bo`lgan Lionel Messining boshqa jamoaga o`tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o`tdi.

«Ha, shartnomaga ko`ra Messi 2020/21 yilgi mavsum oxiriga qadar «Barselona»ni tark etishi mumkin. U boshqa jamoaga o`tish yoki faoliyatini yakunlash huquqiga ega. Shunday bandlar Xavi, Andres Inesta va Karles Puyolning shartnomasida ham bor edi. Lekin men bundan xavotir olmayman. Boisi, Lionel «Barselona»ga sodiq futbolchi. U boshqa jamoada o`ynamoqchi emas. Uning shartnomasi yakunlanganidan keyin ham u biz bilan qolishiga ishonaman», – dedi Bartomeu.

Ma`lumot o`rnida. Messi butun faoliyatini «Barsa» safida o`tkazib, jamoa bilan 34ta sovrinni qo`lga kiritgan.

2020-01-27 19:32:52


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan