futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (38)

O`zbekiston U-16 terma jamoasi "CAFA U-16 championship-2019" musobaqasida ishtirok etadi

Loading...

Joriy yilning 26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o`tkaziladigan «CAFA U-16 championship-2019» musobaqasi bo`lib o`tadi.
 
Mazkur musobaqada O`zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg`oniston va Qirg`izistonning o`smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.
 
Ma`lumki, O`zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda tashkil etiladigan Osiyo chempionati 2020 saralash bahslarida qatnashadi. Shu tariqa Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa bo`lajak saralash o`yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o`tib beradi.
 
E`tiboringizga «CAFA U-16 championship-2019» taqvimini havola qilamiz:
 
1-tur
26 iyul (juma)
O`zbekiston – Tojikiston
Qirg`iziston – Eron
Afg`oniston – Turkmaniston
 
2-tur
27 iyul (shanba)
Tojikiston – Turkmaniston
Afg`oniston – Qirg`iziston
O`zbekiston – Eron
 
3-tur
29 iyul (dushanba)
Turkmaniston – O`zbekiston
Eron – Afg`oniston
Tojikiston – Qirg`iziston
 
4-tur
30 iyul (seshanba)
Qirg`iziston – Turkmaniston
Eron – Tojikiston
Afg`oniston – O`zbekiston
 
5-tur
1 avgust (payshanba)
Turkmaniston – Eron
O`zbekiston – Qirg`iziston
Tojikiston – Afg`oniston

2019-07-22 15:08:47


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan