futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (50)

Ronaldu emas: Habib "Oltin to`p"ga kim munosib ekanligini aytdi

Loading...

Rossiyalik jangchi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov "Oltin to`p"ga kim munosib ekanligini aytdi.

"Ronalduni Portugaliyaning Millatlar Ligasidagi g`alabasi bilan tabriklamadim. Ammo skudetto bilan tabrikladim. U omadli mavsum o`tkazdi, ammo Chempionlar ligasida yutqazdi. "Oltin to`p"ga kim yaqinroq: Ronaldu, Messi, Saloh yoki van Deyk. Balki, Alisson olar, u "Liverpul" bilan Chempionlar ligasi g`olibi bo`ldi, ehtimol, Amerika Kubogi g`olibi bo`lar. Dahshatli raqobat.

Ammo agar darvozabon yoki himoyachi "Oltin to`p"ni qo`lga kiritsa, qiziqarli bo`lardi. Messi va Ronalduda allaqachon 5 tadan "Oltin to`p" bor. Adashmasam, himoyachilardan faqat Kannavaro bu sovrinni qo`lga kiritgan. Agar "Oltin to`p"ni van Deyk olsa, adolatdan bo`lardi", — dedi Nurmagomedov.

 

2019-10-21 23:09:15


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan