futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (49)

Bundesligada chempionlik hal etiladigan kun: "Bavariya" "Ayntraxt F"ni qabul qiladi, "Borussiya D" esa "Borussiya M" mehmoni bo`ladi.

Loading...
18-may, shanba kuni futbol bo`yicha Germaniya Bundesligasining so`nggi tur o`yinlari bo`lib o`tadi. Niko Kovach qo`l ostidagi Myunxenning "Bavariya" klubi "Alyans Arena"da "Ayntraxt Frankfurt"ni qabul qiladi. Qayd etish joiz, "qizillar" 33-turda "Leypsig" bilan durang o`ynagandi (0:0). Eslatib o`tamiz, "Bavariya" 75 ochko to`plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Shu kuni Lyusyen Favr boshliq "Borussiya Dortmund" jamoasi "Borussiya Myunxengladbax" maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham 18:30 da boshlanadi. Ta`kidlash joiz, dortmundliklar avvalgi turda "Fortuna Dyusseldorf"ni 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratgandi. Ma`lumot uchun, "Borussiya Dortmund" 73 ochko bilan 2-o`rinni egallab turibdi. Bundesliga 34-tur bahslari 18-may, shanba "Bavariya"-"Ayntraxt F" 18:30 "Shalke-04"-"Shtutgart" 18:30 "Borussiya M"-"Borussiya D" 18:30 "Herta"-"Bayer Leverkuzen" 18:30 "Verder"-"Leypsig" 18:30 "Frayburg"-"Nyurnberg" 18:30 "Mayns"-"Hoffenhaym" 18:30 "Volfsburg"-"Augsburg" 18:30 "Fortuna D"-"Hannover" 18:30

2019-09-23 18:41:11


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan