futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (38)

Messi uni hayratda qoldirgan klub nomini aytdi

Loading...

Yaqindagina «Mundo Deportivo» nashri Messi va Koutinoning final va «Liverpul» haqida bergan intervyusini e`lon qildi. Kichik bo`lsada, qiziqarli ma`lumotni saytimiz uchun tarjima qildik

Felippe Koutino

«Liverpul» 2 mavsumdan beri ajoyib o`yin ko`rsatmoqda. Ularga qarshi turib berish istalgan klub uchun juda mushkul. Men ularning Madriddan kubok bilan qaytishlariga zarracha shubha qilmayapman. «Tottenhem» chaqilmas yong`oq kabi mustahkam jamoa va ular ajoyib «Ayaks»ni turnirdan chiqarib yuborishdi, biroq yana aytaman hozirgi «Liverpul»ga qarshi turib berish juda mushkul! Ular hozir yo`llarida uchragan to`siqni parchalab o`tib ketadigan darajada qudratli klubga aylanishgan!

Leo Messi

Men «Liverpul»ni evropaning eng kuchli klubi ekanligi aytishdan zarracha uyalmayman. Bu mavsumda ular yuqorida aytilgan so`zlarga loyiq harakat qilishdi. Bu klub mening karieramdagi  eng kuchli raqib sifatida butun umr yodimda qolishiga shubham yo`q! Ular biz bilan bo`lgan uchrashuvlarda shunchaki daxshatli o`yinlar o`tkazishdi. Yana aytaman va tan olaman o`sha oqshom finalda to`p surish uchun ular bizdan ko`ra  loyiqroq edilar. Bu «Liverpul» klub tarixidagi eng kuchlisi bo`lsa, ajab emas. Men ularga EChL finalida chin ko`ngildan omad tilab qolaman!

2019-07-22 15:31:25


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan