futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (38)

EChLda APLning qaysi klubi chempion bo`ladi? Murabbiylar javob berdi!

Loading...

Boshlangan narsaning oxiri bo`ladi deganlaridek EChLning ham bu mavsumdagi so`nggi o`yini qolmoqda. Bu mavsumda hammani bir necha bor lol qoldirgan va gollar shousini taqdim etgan turnirning yakunlanishiga atigi bitta o`yin qolmoqda. U ham bo`lsa, hammasini hal qiluvchi final uchrashuvi. Bugun aynan final uchrashuvida Angliyaning qay klubi chempion bo`ladi degan savol bilan mashxur murabbiylarga yuzlanamiz

Joze Mourinyu

Menda final kuni muammolar bo`ladi. Nega deysizmi? Sababi, men Klopp va Pochettinoni birdek hurmat qilaman. Ular ikkisi ham bu turnir g`olibligi uchun haqli! Bu kubok Yurgen uchun ham, Maurisio uchun ham o`z klubida birinchisi bo`lishi mumkin! O`ylashimcha, bu fatnastik final bo`ladi!  Shunday bo`lsada, menda ko`proq «Liverpul» ijobiy hislar uyg`otmoqda. Ular APL g`olibligi uchun so`nggi turlarga qadar kurash olib borishmoqda va YChLda ham birdek kuchli o`yin o`tkazishni uddasidan chiqishdi! Bu tahsinga sazovar holat! «Tottenhem» jamoaviy futbol o`ynaydigan kuchli klub bo`lsada, imkoniyat «Liverpul»da biroz ko`proq va ular final uchrashuvida fovorit, ammo unutmaslik kerakki, fovoritlar har doim ham g`olib bo`lavermaydi. Bu so`zimga bu mavsumdagi EChL isbot bo`la oladi!

Xosep Gvardiola

«Liverpul» va «Tottenhem» final uchrashuvida ochiq futbol namoyish etishlariga shubham yo`q. Ular o`rtasidagi bahs chiroyli o`tishi aniq. «Liverpul»  va «Tottenhem» «Manchester Siti»dan kuchliroq bo`lgani uchun hozir finalda to`qnash kelmoqda. Men ularnni bu g`alabalari bilan tabriklayman. Sezgan bo`lsangiz, Angiliya futboli so`nggi yillarda yuqori darajaga ko`tarildi. Endi qit`aning grand klublari maqomi asta-sekinlik bilan APL klublari qo`liga o`tmoqda. Finalda qanday natija qayd etilishini topish juda mushkul. Men Madridda bo`ladigan uchrashuvda «Liverpul»ni fovorit deb bilaman. Sababi, hozirgi «Liverpul» so`nggi 20 yillikdagi eng kuchli va tezkori! Ular hozirda butun Evropada tengsiz bo`lib turishibdi!

Arsen Venger

«Tottenhem» mahkam, uyushqoq, kurashuvchan jamoa. Ular maydonning har qarichi uchun jang qilishadi. Ularning tarkibida yulduz futbolchilar yo`qligi uchun ham g`alaba uchun hamma birdek harakat qiladi. Men Pochettinoning klubni boshqaruviga kelganidayoq, klubda o`sish kuzatilishiga ishongan edim. Shunday ham bo`ldi. Klopp o`z shogirtlari bilan o`tgan mavsum EChL finalini boy bergani ularga bu finalda ruhiy bosim o`tkazishi mumkin. Sababi, tarkib va murabbiy o`sha-o`sha, faqat stadion boshqa holos! Siz butun turnir davomida yaxshi ishtirok etishingiz mumkin, ammo final uchrashuvi bu boshqa mavzudek gap! O`ta ehtiyotkorlik talab etiladigan uchrashuvda asabi mustahkamlarigina g`olib chiqishi mumkin.
O`ylashimcha, bu final asosiy daqiqalarning o`zidayoq hal bo`ladi va «Shporlar» uzoq kutilgan EChL sovriniga ega chiqishadi!

2019-07-22 14:49:14


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan