futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (38)

"Bunyodkor": Minskdagi birinchi kun

Loading...

Xabar berganimizdek, «Bunyodkor» kecha Minskdagi o`quv-yig`in mashg`ulotlarini boshladi.

Mashg`ulotlar «Minsk» klubi maydonida o`tkazildi. Aniqrog`i, «Minsk» jamoasiga qarashli mashg`ulot maydonlaridan biri «Bunyodkor» uchun ajratilgan. Mashg`ulotlar engil tarzda o`tkazildi. Futbolchilar maydon bo`ylab yugurishdi, tanani qizdiruvchi mashqlarni bajarishdi, «kvadrat» o`ynashdi, yana yugurishdi va darvozabonlarning mahoratini sinovdan o`tkazishdi. Bu tabiiy hol. Sababi, O`zbekiston Liga Kubogi bahslaridan keyin jamoa a`zolari ta`tilga chiqqan, bir haftalik tanaffusdan keyin endigina mashg`ulotlar boshlandi. Kechagi mashg`ulotlarda Islomjon Qobilov yakka tartibda shug`ullandi. Boisi, himoyachi birinchi davraning so`nggi turlari arafasida jarrohlik stoliga yotishga majbur bo`lgan edi. Shundan beri birinchi marta mashg`ulotlarga qo`shildi.

Darvozabonlar Murodjon Zuhurov, Abdumavlon Abdujalilov va Eldor Adhamov bilan tajribali mutaxassis Abdusattor Rahimov shug`ullandi.

Bugundan mashg`ulotlar ikki mahaldan o`tkaziladi. Qolaversa, rejadan kechki ovqatdan so`ng nazariy mashg`ulotdan ham o`rin olgan.

2019-07-22 15:18:04


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan