futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (50)

O`zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi Jahon kubogiga yo`l oldi

Loading...

Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o`rtasida Jahon kubogi bahslari bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik.

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur`a natijalariga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "C" guruhidan o`rin olgan va guruhda Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Bugun tongda terma jamoamiz vakillari Polshaga yo`l oldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov safar oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi:

- Terma jamoamiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o`rtasida Jahon kubogida ishtirok etish uchun Polshaga yo`l olmoqda. Barchadan bizni qo`llab-quvvatlashini va duo qilib turishlarini so`rayman. Bu bizga yanada kuch berishiga aminman. Biz ham o`z navbatida butun xalqimizning ishonchini oqlashga va barchani g`alaba bilan xushnud etishga urinamiz. Maqsadimiz – chempion bo`lib qaytish, - dedi mutaxassis.

2019-11-16 04:55:33


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan