futbol-sayt.ru | Dunyo futboli yangiliklari
futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish  (3) & A`zo bo`lish  (50)

Xurshid Tojiboev: “Bu yilgi bahslar shiddatli kechmoqda”

Loading...

Superliga klublari qoshida futzal jamoalari ham faoliyat yuritadi. Ayni paytgacha futzal bo`yicha XXIII O`zbekiston chempionatida birinchi bosqichning 6ta tur bahslari bo`lib o`tdi va jamoalar avgustga qadar tanaffusga chiqishdi. “Navbahor” futzal jamoasi birinchi bosqichni 6-o`rinda yakunladi.

Namanganliklar o`tkazilgan 16ta o`yinning 7 tasida g`alaba qozonib, 2ta bahsda durangga imzo chekishdi va 7ta uchrashuvda mag`lubiyatga uchrashdi. Futzal jamoamizning to`plar nisbati: 52:64ni, ochkosi esa 23 tani tashkil etmoqda.

Biz - “Navbahor” futzal jamoasi bosh murabbiyi Xurshid Tojiboev bilan futzalchilarimizning joriy mavsumdagi ishtiroki borasida klubimizning rasmiy veb-sayti uchun maxsus suhbat uyushtirdik.

- Futzal bo`yicha O`zbekiston XXIII chempionatining birinchi bosqich bahslari o`z yakuniga etdi. Futzal jamoamizning joriy mavsumdagi ishtiroki xususida nima deya olasiz?

- Futzal bo`yicha mamlakat chempionati o`tgan yilgidan farqli o`laroq, bu yil hududiy tarzda o`tkazilmoqda. Har bir turdan 3 yoki 4 tadan o`yinlar o`rin olgan. Tur o`yinlari Toshkentdagi “O`zbekiston” sport majmuasi hamda Jizzaxdagi “So`g`diyona” sport majmuasida o`tkazildi. Albatta, uchrashuvlarning hududiy tarzda o`tkazilishi futzal jamoalari uchun moliyaviy tarafdan ancha qulay bo`ldi.

Shuningdek, bahslar ham o`tgan yilga qaraganda, ancha keskin kurashlar ostida va shiddatli tarzda kechmoqda.

Ta`kidlash joizki, joriy mavsum arafasida amalga oshirilgan selektsiya ishlari, o`z samarasini bermoqda. “Navbahor” tajriba va yoshlik shijoatini uyg`unlashtirgan holda, o`yin namoyish etyapti.

Birinchi bosqich bahslarini 6-o`rinda yakunlaganimizni har holda, ijobiy natija deb bilaman.
- Ortda qolgan o`yinlardan qaysinisi sizda ijobiy taassurot qoldirdi?

- Ta`kidlaganimdek, joriy mavsum bahslari ancha shiddatli kechmoqda. Albatta,
2-3ta etakchilar, jumladan, AGMK, “Paxtakor” va “Lokomotiv”ni hisobga olmasa, qolgan jamoalarning kuchi deyarli teng. Jumladan, shogirdlarim “So`g`diyona” (2:1), “Dinamo” (4:3), “Bunyodkor” (5:3, 3:2), “Metallurg” (5:2), “Buxoro” (5:1) hamda “Neftchi” (8:3) jamoalariga qarshi kechgan bahslarda ajoyib o`yin namoyish etib, o`sha bahslarda g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi. Ayni paytda turnir jadvalida 4-o`rinni egallab turgan “Nasaf” bilan jangovar 3:3 hisobidagi durangga erishishdi. Mazkur bahslar menda yaxshi taassurot qoldirdi.

O`z navbatida aytish joizki, aynan ajoyib o`yinlari evaziga jamoamizning 3 nafar futzalchisi – himoyachi Isoxon Ibragimov, hujumchilar Husanxon G`aniev hamda Ahmadxon Mamadaliev Bahodir Ahmedov murabbiylik qilayotgan, futzal bo`yicha Osiyo chempionati – 2020 saralash bahslariga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston futzal terma jamoasi yig`iniga chaqirilishdi va ayni paytda yig`inda ishtirok etishmoqda.

Albatta, futzal jamoamizning ushbu muvaffaqiyati, shu jumladan, 3 nafar shogirdimning O`zbekiston futzal jamoasiga jalb etilishida jamoamizga qulay shart-sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vitse-prezidenti Baxtiyor Isakdjanovich Usmanovlarning munosib hissalari bor. Buning uchun ularga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz ularning ishonchlarini oqlab, joriy mavsumda kuchli beshlikdan joy olish uchun kurash olib boramiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

2019-11-16 04:40:25


W3.CSS

Eng ko`p o`qilgan