futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish (0) & A`zo bo`lish (50)


"Golden boy"ning egalari hozir qaerda?


Loading...

2003-yildan boshlab Evropaning eng iqtidorli yosh futbolchilariga topshirib kelinayotgan «Goldeb boy» sovrini hozirda juda katta nufuzga ega desak, adashmagan bo`lamiz. Xo`sh ushbu sovrinni qo`lga kiritgan futbolchilarning karierasi qanday ko`rinish oldi? Bugun shu mavzu haqida so`z yuritamiz. 1-qism


2003-yil - Rafeal van Der Vart

O`z vaqitda yangi Kroyf bo`lishi taxmin qilingan «Ayaks» klubi tarbiyalanuvchisi bu sovrinni birinchi bo`lib qo`lga kiritgan futbolchi sifatida tarixda qolishi aniq. Darhaqiqat, van Der Vart Evropa futboliga shiddat bilan kirib kelgan bo`lsada, aytarli hech narsaga erisha olmadi. Yangi avlod yarim himoyachisi kuchli zarba egasi bo`libgina qolmay, maydonni hamm a`lo darajada ko`ra olar, kerakli vaqtda 2 hujumchiga aylanib raqib darvozasiga hafv solishdi tengsiz edi. Afsuski, mashxurlik qahramonimizga o`zining salbiy ta`sirini o`tkazdi. Ushbu sovrini qo`lga kiritgan yili 21 uchrashuvda 18 bor gol kiritishni uddalagan Rafa keying mavsumda 34 ta uchrashuvda atigi 8 ta gol kiritadi. En achinarlisi shundaki, ushbu sovringa ega chiqqan van Der Vart batamom o`sishdan to`xtab qoldi. O`sha davrlarda «Ayaks» ustozi sifatida faoliyat olib borgan Ronald Kuman futbolchini o`z formasiga qaytarish maqsadida unga sardorlik bog`ichini topshirgan bo`lsada, ahvol yaxshilangani yo`q. Keyinchalik «Gamburg», «Real Madrid», «Tottenehem» singari klublarda to`p surgan Rafael aytarli birorta esda qolarli o`yin o`tkazgani yo`q. Gollandiyalik futbolchi o`z iqtidorini to`liq namoyish eta olmay o`z futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Mutaxassislarning fikricha, Rafael o`z kasbiga ma`suliyatsizligi bois, katta futbol sahnasida erta tushib ketdi.

2004- Ueyn Runi

2004-yilda bolib o`tgan Evropa chempionatida porlab chiqqan o`spirin barchaning nigohini o`ziga qarata oldi desak, adashmagan bo`lamiz. Darhaqiqat, «Everton» klubining yosh futbolchisi qit`a chempionatida nafaqat gollar kiritdi, balki o`zining sovuqqonligi bilan ham juda tez mashxur bo`lib ketdi. Eng qizig`I shundaki, Runi transfer oynasi yopishiliga 3 soat vaqt qolgandagina «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi va uning karierasi batamom yangi darajaga ko`tarildi…

Qahramonimiz dunyoning eng kuchli chempionati sanaladigan APLda 5 bor g`alaba qozonishga muvaffaq bo`libgina qolmay, «Manchester Yunayted»ning yangi tarixida klub uchun eng ko`p gol kiritgan futbolchilar ro`yxatida birinchi o`ringa (253 ta gol) ko`tarilib oldi. Keyinchalik «qizil iblislar»ning afsonaviy futbolchisi biroz muddat «Everton» klubida to`p surdi va karierasi so`nggida MLSga yo`l oldi. Ma`lumotlarga qaraganda 2020-yili futbolchi «Derbi» klubining o`ynovchi murabbiyiga aylanadi.

2005-yil Leo Messi

Argentinalik futbolchi ushbu sovrinni qo`lga kiritganida Evropadagi barcha futbolchilar yangi davr boshlanayotganini sezgan bo`lsa, ajab emas. Nimjongina yigitning kelajakda 5 ta «oltin to`p»ni qo`lga kiritishga qodir iqtidori borligini unga u bilan bir maydonda to`p surgan barcha futbolchilar darrov sezishgan va uning kelajagi porloq ekanligini tahmin qilishgan edi. Darhaqiqat, Messi ushbu sovrinni qo`lga kiritgan futbolchilarning barchasidan ko`ra ko`proq sovrinlarni yutibgina qolmay, barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

2006-yil Sesk Fabregas

19 yoshida «Goldeb boy» sovrinini qo`lga kiritgan Fabregas shu qadar ishonchli o`yin namoyish etar ediki, 21 yoshida «Arsenal»ning sardori darajasigacha ko`tarilishga muvaffa bo`ldi. Maydon markazida deyarli barcha vazifani bajaruvchi futbolchi uzoq muddat davomida «to`pchilar»ning etakchisi sifatida to`p surdi va o`zining eng kuchga to`lgan paytida “”Barselona” safiga o`tib ketdi. Ispaniyadagi mavsumlar davomida qahramonimiz YChLdan boshqa barcha musobaqalarda g`alaba qozondi va «Chelsi» safiga o`tib ketdi. London klubida Fabregas 2 bor APL g`olibligini qo`lga kiritgan bo`lsada, jisonan oqsay boshladi. Shunga qaramasdan qahramonimiz 2018-yili Frantsiyaning «Monako» klubiga yordam berish maqsadida o`zi uchun qiyin yo`lni tanladi…

2007-yil Serhio Aguero

2006-yilda Argentinada klubidagi past bo`yli hujumchi uchun «Atletiko Madrid» 23 million evro to`laganida, barcha ushbu transferni omadsiz chiqishini tahmin qilgan bo`lsa, ajab emas. Qo`shimchasiga Aguero o`zining ilk mavsumida deyarli hech kimni hayron qoldirmagan bo`lsada, 2007/08-mavsumda chinakam gol mashinasiga aylanib ketdi. «Manchester Siti» klubining tirik afsonasi o`sha mavsum «Golden boy» sovrinini qo`lga kiritganidayoq ko`plab top klublar e`tiborini yosh iqtidorli futbolchi sifatida emas, chinakam etuk futbolchi sifatida qozonib bo`lgan edi. «Atletiko Madrid»dan so`ng Manchester shaxriga yo`l olgan futbolchi  «Shaxarliklar» tarixidagi eng omadli xarid sanaladi. Darhaqiqat, Aguero «Golden boy» sovrinini bejizga olmaganini hozirgi kulnarimizga qadar isbotlab kelmoqda.

2008-yil Anderson

Ser Aleks Fergusson tomonidan juda katta umid bog`lagan braziliyalik futbolchi qanchalar urunmasin top darajadagi futbolchiga aylana olmadi. Balki, «Golden boy» sovrinidan so`ng, unga bo`lgan ortiqcha bosim bunga sabab bo`lgandir. Bundan tashqar, Anderson 2010-yilda tizzasidan jiddiy jarohat olganini ham uning o`yinida keskin pasayish kuzatilishiga sabab bo`ldi. Eng achinarlisi shundaki, Anderson o`z karierasini o`nglab olish uchun dunyoning barcha qit`asida to`p surdi desak, adashmagan bo`lamiz. Hozirda Turkiya chempionatida faoliyat olib borayotgan Anderson endigina 31 yoshga to`lgan bo`lsada, allqachon katta futboldan chetda qolib ketdi.

Saytda ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar kommentariya qoldirish huquqiga ega !!!






Eng ko`p o`qilgan




Muhim o`yinlar anonsi (+2 soat)


Monako - Lion
9 avgust, soat 21:45 da
Liverpul - Norvich
9 avgust, soat 22:00 da
Vest Xem - Manchester Siti
10 avgust, soat 14:30 da
Nyukasl - Arsenal
11 avgust, soat 16:00 da
Mancheter Yunayted - Chelsi
11 avgust, soat 18:30 da
PSG - Nim
11 avgust, soat 22:00 da
Liverpul - Chelsi
14 avgust, soat 22:00 da
Arsenal - Bernli
17 avgust, soat 14:30 da
Sautgempton - Liverpul
17 avgust, soat 17:00 da
Manchester Siti - Tottenxem
17 avgust, soat 19:30 da
Chelsi - Lester Siti
18 avgust, soat 18:30 da
Renn - PSJ
18 avgust, soat 22:00 da
Vulverxempton - Mancheter Yunayted
19 avgust, soat 22:00 da
Norvich - Chelsi
24 avgust, soat 14:30 da
Mancheter Yunayted - Kristal Pelas
24 avgust, soat 17:00 da
Liverpul - Arsenal
24 avgust, soat 19:30 da
Bornmut - Mancheter Siti
25 avgust, soat 16:00 da
Benfika - Portu
25 avgust, soat 18:00 da
PSJ - Tuluza
25 avgust, soat 22:00 da
Arsenal - Tottenxem
1 sentyabr, soat 18:30 da