futbol-sayt.ru

Dunyo futbolining eng so`nggi yangiliklari

Kirish (0) & A`zo bo`lish (50)


Vadim Abramov: "Yamanni "doska"da mag`lub etib bo`ldik"


Loading...

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

O`zbekiston terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Yaman termasini qabul qiladi. Bugun uchrashuv oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va terma jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o`tdi.

— Ertaga kim bilan o`ynashimizni hamma yaxshi biladi. Bu o`yin haqida biror fikr bildirishga ham hayronman. Hamma yigitlar bizni qanday o`yin kutib turganini yaxshi biladi. Ochko yo`qotish mumkin emas. Shunday ekan, bor kuch bilan o`ynaymiz.

— Ertaga O`zbekiston terma jamoasini mutlaqo boshqacha qiyofada ko`ramizmi?

— Hozir o`zimizni oqlash uchun har qanday gapni aytishimiz mumkin. Bu bizning ishimiz, yaxshi o`yin ko`rsatish. Raqibni engish kerak va biz bu ishni uddalay olamiz, deb o`ylayman.

— Raqibni o`rgangansiz, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini ayta olasizmi? Nimadan xavotirdasiz?

— Bizni faqat bir narsa tashvishga qo`ymoqda. Raqib tarkibida «10» raqamli futbolchi (Muxsin Muhammad - tahririyat izohi) o`ynaymaydi. Bu yaxshimi yoki yomon, bilmayman. Yaman aynan shu futbolchiga tayanib harakat qilardi. Bu jamoa himoyadan o`ynaydi, faqat bir kishi oldinda bo`ladi, qolganlar himoyada. Qiziq tomoni, shunday o`yin bilan Yaman Saudiya Arabistoniga ikkita gol urishdi. Yana Singapurga ham. Aslida Singapur yaxshiroq o`ynagandi. Yamanning o`yini oddiy, ammo samarali. Ertaga bo`ladigan o`yinda ham raqibdan «avtobus» himoya kutyapmiz. Raqibning darvozaboni yaxshi o`ynaydi. Yana u juda omadli ham. Ba`zan haddan tashqari omadli.

— Raqibni o`rganish orqali va o`z futbolchilarimizni yaxshi bilgan holda bizning ustun tomonlarimizni ayta olasizmi?

— Yamanda hozir ichki chempionat yo`q, shu sababli terma jamoa har doim birga shug`ullanadi. Shuning uchun jamoa sifatida bir-birini juda yaxshi tushunadi. Ammo nima bo`lganda ham biz — O`zbekistonmiz. Biz kuchliroqmiz va buni maydonda isbotlashimiz lozim.

— Raqib Ektor Kuper davridagi O`zbekistonni o`rgangan. Ammo sizning jamoangizni yaxshi bilmaydi. Bu holat bizga ustunlik berishi mumkinmi?

— Umid qilamanki, ustunlik beradi. Hozircha o`zim ham ertaga qanday o`yin bo`lishini bilmayman. Raqibni o`rgandik, unga qarshi taktika tuzib qo`yganmiz. Biz doskada Yamanni engib bo`ldik, endi maydonda yutish qoldi (zalda kulgu). Biz o`z uyimizda o`ynaymiz, bunday vaqtda qadrdon devorlar ham yordam berishi lozim. Muxlislar qo`llab-quvvatlashini kutmoqdamiz.

— Siz bilan federatsiya necha yillik shartnoma imzoladi?

— Men shu erda o`tiribman, shunday ekan, terma jamoani boshqarmoqdaman. Shartnomaga kelsak, avval oldinda bizni kutayotgan ikkita o`yinni yutib olaylik, keyin shartnoma haqida o`ylaymiz.

— Odil Ahmedov ertaga maydonga tushadimi?

— Unda jarohat bor. Agar uning holati imkon bersa, ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Menimcha Singapurga qarshi kechadigan o`yinga qadar to`liq safga qaytadi.

— Siz har bir o`yinga bitta taktika bilan tushasizmi yoki terma jamoani kuchaytirish uchun turli qarorlarga qo`l urasizmi?

— Hozir faqat ikkita o`yin haqida o`ylashimiz shart. Guruhdan chiqishga harakat qilishimiz va shu bilan birga chiroyli futbol ko`rsatishimiz ham kerak. Ba`zan xunuk o`yin bilan ham g`alaba qozonish mumkin. Ammo bunaqasi kamdan-kam uchraydi. Shu sababli bir o`q bilan ikkita quyon urishga harakat qilamiz — ham chiroyli o`ynab, ham uch ochko olamiz. Singapur kuchli jamoa, yana u erda iqlim ham og`ir. Shunday ekan, bu ikki uchrashuvda g`alaba qozonish shart.

— Jamoani Ektor Kuper uslubidan olib chiqib, o`z uslubingizni joriy etish qiyin bo`lmadimi?

— Kuper uchun gapirishni istamayman. Men o`z qarashlarimni jamoaga etkazishga harakat qildim. Olimpiya terma jamoasiga qarshi kechgan o`rtoqlik o`yinida mana shu qarashlarni amalga joriy etishga harakat qildik. Menimcha murabbiy o`zgarishi og`riqsiz kechadi. Hammasi yaxshi bo`lishi kerak, deb o`ylayman. Bunisini endi vaqt ko`rsatadi.

— Iordaniyani qanday mag`lub etganimiz yodimda? O`shanda Sahob Jo`raev butun vujudi bilan zarbalarni qaytargan edi. Ammo hozir himoyachilarimiz zarbadan qochadi. Shu ma`noda klub hamda terma jamoa bosh murabbiyi sifatida nima deya olasiz?

— Futbolchini bitta o`yin bilan baholash qiyin. Terma jamoaga keladigan har bir futbolchi borini tashlab ketishga harakat qiladi. Bir vaqtlar Maksim Shatskix haqida tanqidiy fikrlar bo`lardi. Hozir mana Odil haqida shunaqa gaplar paydo bo`ldi. Ammo ishoning, terma jamoaga kelayotgan har bir futbolchi g`alaba uchun borini beradi. Himoyachilar zarbadan qochadi, deb aytmagan bo`lardim. Balki biror vaziyatda shunday bo`lgandir. Ammo har bir o`yinchi bor kuchi bilan termaga sodiq. G`alaba va mag`lubiyatlar taqdirga bog`liq. Shuni ham unutmaylik.

— Olimpiya terma jamoasi futbolchilari orasida MTJga nomzodlar bormi?

— Bor. Ularni olib qolishimiz ham mumkin edi, ammo olimpiya terma jamoasi foydasini ko`zlab ba`zilarni berib yubordik. O`rtoqlik o`yinida olimpiyachilar o`zini yaxshi ko`rsatdi. Biz bu uchrashuvni aynan milliy terma jamoaga nomzodlarni saralash uchun o`tkazgan edik. Hozirgi tarkibda bizni qiziqtiradigan futbolchilar bor. Afsuski hozir vaqtimiz kam. Shu ikki o`yinni o`tkazib olsak, keyin nomzod futbolchilarni ko`rib chiqamiz. Ularning ro`yxati ancha uzun.

— Ertaga Yamanga qarshi kechadigan o`yinga kutilmagan sovg`a tayyorlab qo`yganmisiz?

— Albatta. Bunisini maydonda ko`rasiz.

— Terma jamoa ancha o`yinlarni «Bunyodkor» stadionida o`tkazar edi.

— U erda maysa boshqacha sifatga ega, biroz og`irroq. Bunday maydonda himoyalanish oson. Biz esa hujumkor o`ynashimiz kerak. Shuning uchun «Paxtakor» stadionida o`ynashni ma`qul ko`rdik.

— Avval ham termani boshqargansiz. Yana boshqaruvga keldingiz. Bu ikki jamoa haqida nima deya olasiz, jamoada potentsial bormi?

— Men avvalgi jamoa futbolchilarini juda yaxshi bilar edim. Bunisini o`rganishim uchun vaqt kerak. Ikki oydan so`ng sizga jamoada qanday potentsial borligini aytaman.

Saytda ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar kommentariya qoldirish huquqiga ega !!!






Eng ko`p o`qilgan




Muhim o`yinlar anonsi (+2 soat)


Monako - Lion
9 avgust, soat 21:45 da
Liverpul - Norvich
9 avgust, soat 22:00 da
Vest Xem - Manchester Siti
10 avgust, soat 14:30 da
Nyukasl - Arsenal
11 avgust, soat 16:00 da
Mancheter Yunayted - Chelsi
11 avgust, soat 18:30 da
PSG - Nim
11 avgust, soat 22:00 da
Liverpul - Chelsi
14 avgust, soat 22:00 da
Arsenal - Bernli
17 avgust, soat 14:30 da
Sautgempton - Liverpul
17 avgust, soat 17:00 da
Manchester Siti - Tottenxem
17 avgust, soat 19:30 da
Chelsi - Lester Siti
18 avgust, soat 18:30 da
Renn - PSJ
18 avgust, soat 22:00 da
Vulverxempton - Mancheter Yunayted
19 avgust, soat 22:00 da
Norvich - Chelsi
24 avgust, soat 14:30 da
Mancheter Yunayted - Kristal Pelas
24 avgust, soat 17:00 da
Liverpul - Arsenal
24 avgust, soat 19:30 da
Bornmut - Mancheter Siti
25 avgust, soat 16:00 da
Benfika - Portu
25 avgust, soat 18:00 da
PSJ - Tuluza
25 avgust, soat 22:00 da
Arsenal - Tottenxem
1 sentyabr, soat 18:30 da